“Inson hayotini saqlab qolish — eng ulug‘ savob!”
Shu ezgu g‘oya asosida “Talimarjon IES” AJda xayriya va insonparvarlik ruhidagi “MEN DONORMAN” aksiyasi tashkil etilmoqda.
🩸 Aksiya 2026-yil 21-may kuni soat 10:00 da Chalik Enerji tibbiy bo‘limida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qon donorligi madaniyatini keng targ‘ib qilish, ehtiyojmand insonlarga ko‘mak berish hamda jamiyatda mehr-oqibat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.
Har bir topshirilgan qon — kimningdir hayotiga umid, sog‘lig‘iga najot va oilasiga quvonch ulashadi.
Donorlik esa insoniylik, saxovat va yuksak mas’uliyat timsolidir.
Shu munosabat bilan korxonamizning barcha ko‘ngilli xodimlari va faol yoshlarini ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
🩺 Sizning bir ezgu qadamingiz — bir inson hayotini saqlab qolishi mumkin!
“MEN DONORMAN” — hayotga befarq emasman! 🩸
20-May, 2026-yil
Faylni yuklab olish