TalTes

Tabriklar

Hurmatli kasaba uyushmasi a’zolari, aziz hamkasblar!

Sizlarni 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Kasaba uyushmalari jamiyatimizda mehnatkash insonlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash, sog‘lom mehnat muhitini yaratish va jamoada birdamlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli korxonamizda mehnat intizomi, o‘zaro hurmat, jamoaviy hamjihatlik va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmoqda.

Ushbu bayramda barcha kasaba uyushma faollariga va jamoamiz a’zolariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va faoliyatingizda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.

Kasaba uyushmasi har doim mehnatkashlar ishonchini oqlaydigan, jamoa birdamligi va korxonamiz taraqqiyotining poydevori bo‘lib qolaverishini tilab qolaman.

Jasur Pirmanov,
“Talimarjon IES” AJ bosh direktori

12-Noyabr, 2025-yil

Hurmatli Bekzod Abdurasulovich!

Sizni bugungi quvonchli sana — tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va tinchlik tilaymiz.

Ish faoliyatingizda esa yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va yangi zafarlar yor bo‘lsin.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, sabr va omad sizni hech qachon tark etmasin.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

"Talimarjon IES" AJ Maʼmuriyati.

18-May, 2026-yil

Hurmatli Olim Saidovich!

Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Sizning kasbiy mahoratingiz, qat’iyatingiz va jamoani bir maqsad sari birlashtira olishingiz hamkasblar orasida alohida e’tirofga sazovor.

Sizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga doimo kuch-g‘ayrat tilaymiz.

Energetika sohasidagi sharafli faoliyatingizda hamisha yangi muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

"Talimarjon IES" AJ Maʼmuriyati.

18-May, 2026-yil

Hurmatli Alimurod Eshmurodovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ko‘p yillik mehnat faoliyatingiz davomida mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatib, “Talimarjon IES” AJning rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i sifatida olib borayotgan samarali faoliyatingiz, bunyodkorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz va jamoa orasidagi hurmatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga esa doimo quvonch va xotirjamlik tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi va korxonamiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda omad va zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin

Hurmat bilan,
“Talimarjon IES” AJ Maʼmuriyati.

1-Iyun, 2026-yil