E'lonlar

“TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2024-yil 15-maydagi
20-sonli yigʻilish bayoniga asosan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ filiallarining elektr energiyasini ishlab chiqarish tariflari quyidagicha belgilandi:
№ Korxona nomi 1 kVts elektr energiyasi uchun tarif, soʻmda
(QQS bilan)*

1 “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ: 577

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ushbu tariflar 2024-yil 07-iyundan kuchga kirishini xabar beradi.
Izoh:
* Mazkur elektr energiya boʻyicha tarif ichki tarmoq tarifi hisoblanib, yagona xarid qiluvchisi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun belgilangan. (Aholi va boshqa sohalarga tadbiq etilmaydi).
** Issiqlik energiyasi boʻyicha narxlar oʻzgarishsiz qoldi.

7-Mart, 2025-yil

Elektr energiya narxi haqida ma'lumot

20-May, 2024-yil

Issiqlik energiyasi narxi

30-Oktabr, 2024-yil

Ichimlik va oqova suv narxi haqida ma'lumot

1-Mart, 2024-yil

Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganligi to'g'risida kreditorlarni xabardor qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJning quvvati 900 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasini va uning infratuzilma obyektlarini sotish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 18-dekabrdagi
PQ-445-son qarorining 5-bandiga muvofiq “Talimarjon IES” AJga tegishli issiq suv, issiqlik va ichimlik suv ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarish obyektlarini balans (qoldiq) qiymatda yangi tashkil etilgan “Yagona boshqaruv kompaniyasi” MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini shakllantirish hisobiga o‘tkazish belgilangan.
“Таlimarjon IES” AJ Yagona aksiyadori – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2025-yil
18-martdagi 2/2025-son qaroriga asosan, ustav fondi (ustav kapitali) 319 258 907 so‘mga aktivlar “Yagona boshqaruv kompaniyasi” MCHJga topshirilganligi hisobiga Jamiyat ustav fondidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning ulushi kamaytirilganligini ma’lum qilamiz.

8-Aprel, 2025-yil

9-may-"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Talimarjon IES" AJning 45 yoshdan yuqori (erkak) xodimlari va stansiyada uzoq yillar mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar jamoasi o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Sana: 03.05.2025

Vaqti: 17:00

Manzil: Nuriston istirohat bog‘i yonidagi o‘yingoh.

Mo‘ljal: Ijtimoiy markaz binosi

Eslatma. Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lganlar stansiya Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda sport yo‘riqchisiga murojaat qilishlari so‘raladi.

1-May, 2025-yil

“Talimarjon IES” AJ tasarrufidagi “Sohibqiron” bolalar oromgohining 2025-yil yozgi dam olish mavsumi uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Xodimlardan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raymiz.

1.KUQ raisi nomiga ariza. (ota-onasi nomidan).

2.Tibbiy ma’lumotnoma. (Vakolatli tibbiy muassasalar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart).

3.Rasm 3x4 (2 dona).

4.Tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi (2-nusxa).

5.Oromgohga yuboruvchi va ota-onasining pasport nusxasi.

6.Ish joyidan ma’lumotnoma.

Sog‘lomlashtirish mavsumi joriy yilning 5-iyun sanasidan boshlanadi.

Eslatma: 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar oromgohga qabul qilinadi. (14 yoshga to‘lgan bolalar qabul qilinmaydi).

Mavsum boshlanishiga 2 kun qolganda hujjatlarni qabul qilish to‘xtatiladi.

22-May, 2025-yil

"Talimarjon IES" AJda bunyod etilayotgan 1065 MVt quvvatga ega ikki dona bug'-gaz qurilmasini qurish investitsiya loyihasiga Osiyo taraqqiyot banki mablag'lari ham yo'naltirilgan. Mazkur jarayonda tuzilgan shartnoma asosida OTB tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha 2024-yilning 2-yarmida qilingan ishlar yuzasidan hisoboti e'lon qilindi.

23-May, 2025-yil

Talimarjon IES AJ vakant ish e'lonlari

21-Iyul, 2025-yil

Bo'sh ish o'rinlari uchun tanlov

22-Avgust, 2025-yil