Hurmatli kasaba uyushmasi a’zolari, aziz hamkasblar!
Sizlarni 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Kasaba uyushmalari jamiyatimizda mehnatkash insonlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash, sog‘lom mehnat muhitini yaratish va jamoada birdamlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli korxonamizda mehnat intizomi, o‘zaro hurmat, jamoaviy hamjihatlik va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmoqda.
Ushbu bayramda barcha kasaba uyushma faollariga va jamoamiz a’zolariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va faoliyatingizda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.
Kasaba uyushmasi har doim mehnatkashlar ishonchini oqlaydigan, jamoa birdamligi va korxonamiz taraqqiyotining poydevori bo‘lib qolaverishini tilab qolaman.
Jasur Pirmanov,
“Talimarjon IES” AJ bosh direktori
12-Noyabr, 2025-yil