“Talimarjon IES” AJda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Mart 06, 2026
Tadbirda korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamoadagi o‘rni, ularning mehnati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Bayram tadbiri davomida o‘zining namunali mehnati, tashabbuskorligi hamda jamoa hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan bir guruh xotin-qizlar korxona rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir davomida barcha xotin-qiz xodimlarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, jamoa a’zolariga bayramona kayfiyat ulashdi.