“Talimarjon IES” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Mart 05, 2026
“Talimarjon IES” AJda korxona bosh direktori ishtirokida yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy malakasini rivojlantirish hamda korxona hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda korxonada yangi yoshlar yetakchisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilgan saylov jarayonida ishtirokchilar tomonidan elektr sexi elektr montyori Nurbek Qulmatov korxonaning yangi yoshlar yetakchisi etib saylandi.
Uchrashuv yakunida korxona rahbariyati yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, ularning bilim va salohiyatini ishlab chiqarish jarayonlarida samarali yo‘naltirish muhimligini qayd etdi.