TalTes
“Talimarjon IES” AJda energiya qurilmalari nazoratdan o‘tkazildi
Mart 03, 2026
Noqulay ob-havo sharoiti, xususan yog‘ingarchilik va namlikning ortishi elektr hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun “Talimarjon IES” AJda keng qamrovli nazorat ishlari amalga oshirildi. Korxonaning barcha texnologik uchastkalarida profilaktik ko‘riklar tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan bug‘-gaz qurilmalari, transformator punktlari, ochiq taqsimlash qurilmalari va kabel tarmoqlarining texnik holati batafsil tekshirildi. Nazorat jarayonida, ayniqsa, drenaj tizimlari, yomg‘ir suvlarini oqizish inshootlari hamda elektr jihozlarining namlikdan himoyalanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi hamda mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.