RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Fevral 26, 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilab berildi. Shu munosabat bilan “Talimarjon IES” AJda stansiya yoshlari va bosh direktori ishtirokida rahbar va yoshlar bo‘lib o‘tdi.
Unda stansiya ma’muriyati hamda yoshlar yetakchisi tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va innovatsion loyihalar bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Shuningdek, yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, grantlar, xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, kasbiy malaka oshirish dasturlari hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Yig‘ilish davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarni yanada faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda korxona va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi ta’kidlandi.