XODIMLARGA QULAYLIK YARATILMOQDA
Fevral 24, 2026
"Talimarjon IES" AJda infratuzilmani yaxshilash va xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida stansiyada yangidan bunyod etilgan 1065 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmalari hududidagi yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari olib borilayapti.
Ushbu ishlar transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini mustahkamlash hamda hududning obodonligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari korxonada mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Natijada, “Talimarjon IES” AJ hududi yanada zamonaviy, tartibli va qulay infratuzilmaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.