"Talimarjon IES" AJda Kasaba uyushmasi tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Fevral 23, 2026
Unda, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, "IES" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi masʼullari, stansiya maʼmuriyati, delegatlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Nomzodlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ochiq va shaffof ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Chori Yuzboyev kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, Konferensiyada delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hamda taftish komissiyasining yangi tarkibi saylandi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Shuhrat Normuminov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan stansiya maʼmuriyati tomonidan munosib kuzatildi.