MASJID SHAROITLARI O'RGANILDI
Fevral 20, 2026
Ramazon oyining fayzli va barakali dastlabki kunlarida “Talimarjon IES” AJ bosh direktori Jasur Pirmanov O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi hamda "IES" AJ Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi masʼullari bilan birga Nishon tumanidagi Munavvara jome masjidida o‘rganishlar olib bordi.
Mazkur jarayonda masjid hududining tozaligi, infratuzilma holati, elektr ta’minoti va yoritish tizimlari ko‘zdan kechirildi.
Bosh direktor masjid mas’ullari bilan suhbatlashib, Ramazon oyi davomida namozxonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ayniqsa, taroveh namozlari vaqtida yoritish tizimini sifatli bo‘lishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, masʼullarga zarur texnik ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.