Talimarjon IES: 2025-yilda ijtimoiy sheriklik borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Fevral 18, 2026
Yig‘ilishda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan Kasaba uyushmasiqo‘mitasi vakillari, korxona rahbariyati, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari hamda xodimlar ishtirok etdi.
Hisobot yig‘ilishida xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish, mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
Shuningdek, jamoa shartnomasida belgilangan ijtimoiy kafolatlar, jumladan, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish, bayram sanalari munosabati bilan xodimlarni rag‘batlantirish, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar ajratish masalalari ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Yig‘ilish davomida ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchiliklar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
2026-yilda jamoa shartnomasida nazarda tutilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.