TalTes
ISLOHOTLAR AMALDA
Fevral 11, 2026
Nishon tumanidagi "Janub mashʼali" mahallasida “Talimarjon IES” AJ bosh direktori Jasur Pirmanov hamda Nishon tumani hokimligi masʼullari ishtirokida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda mahalla infratuzilmasining bugungi holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar tinglandi. Shuningdek, ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mahalla yettiligi tomonidan hudud aholisi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda aniq takliflar ilgari surildi. Masʼullar tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish borasida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan belgilab olingan rejalar xususida maʼlumotlar berib o‘tildi.