“Talimarjon IES” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Fevral 09, 2026
“Talimarjon IES” aksiyadorlik jamiyatida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiy tilini rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari, shuningdek, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik va komil inson g‘oyalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, Navoiy ijodining bugungi kunda yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari buyuk shoir ijodi xalqimizning bebaho ma’naviy merosi ekanini qayd etib, bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar jamoada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishini e’tirof etdilar.