“Talimarjon IES” AJda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi
Yanvar 27, 2026
Xabaringiz bor, 2025-yil dekabr oyida “Talimarjon IES” AJda quvvati 1065 MVt bo‘lgan, zamonaviy va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgan edi. Mazkur qurilmalarning texnik holati hamda ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruhi stansiyada bo‘ldi.