Kadrlar malakasini oshirish – doimiy e’tibor markazida
Yanvar 22, 2026
Soha bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, tizimda joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish maqsadida “Talimarjon IES” AJ xodimlari “Navoiy IES” AJ huzuridagi “Kelajak energetikasi” o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etmoqdalar.
Seminar davomida ishtirokchilarga suvni kimyoviy tayyorlashning ilg‘or usullari, reagentlardan samarali foydalanish, texnologik jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilyapti.
Shuningdek, tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlarida uchraydigan muammolar yuzasidan savol-javoblar tashkil etilmoqda.
Ushbu o‘quv seminari “Talimarjon IES” AJ xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, tajriba almashish hamda o‘z ish faoliyatida zamonaviy yondoshuvlarni qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.