KELAJAGINGIZ UCHUN RO‘YXATDAN O‘TING
Yanvar 16, 2026
"Talimarjon IES" AJ jamoasi mamlakatimizda o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etayapti.
Korxona xodimlari mazkur muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonning ahamiyatini chuqur anglagan holda, uni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Mazkur jarayonda ishtirok etayotgan xodimlarning faolligi, mas’uliyati va tashabbuskorligi yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilayapti.