TalTes
"Talimarjon IES" AJ masʼullari harbiylarni bayram bilan tabrikladi
Yanvar 14, 2026
14-yanvar—"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ bosh direktori Jasur Pirmanov va korxona masʼullari stansiyaga yondosh hududda joylashgan Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tarkibidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Tashrif davomida korxona vakillari harbiy qism komandiri hamda shaxsiy tarkibni bayram bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va masʼuliyatli xizmatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash, strategik ahamiyatga ega obyektlarni ishonchli qo‘riqlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari alohida eʼtirof etildi. Bayramona ruhda tashkil etilgan uchrashuv o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida bo‘lib o‘tdi.