TalTes
Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
Yanvar 06, 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnoma mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Talimarjon IES" AJda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Murojaatnomada ilgari surilgan iqtisodiy islohotlar, energetika sohasini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlashga doir vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Murojaatnomaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, “Talimarjon IES” AJda elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi taʼkidlandi. Tadbir yakunida Prezident murojaatida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.