SPORT-SALOMATLIK GAROVI
Dekabr 30, 2025
"Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning ishdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Korxona hududida va unga yaqin sport inshootlaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, futbol, voleybol, basketbol kabi ommabop jamoaviy sport turlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar va musobaqalar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, mehnat unumdorligini yaxshilash hamda sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.