TalTes
SEMINAR TRENING
Dekabr 15, 2025
O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi belgilangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik doirasida “Talimarjon IES” AJda navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda  ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi, vazifalari va uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminarda mutaxassislar tomonidan 2026-yilgi ro‘yxatga olishning o‘tkazilish tartibi va bosqichlari, xodimlardan talab etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida taqdim etilishi, elektron shakldagi ro‘yxatga olish anketalaridan foydalanish qoidalari, jarayon davomida maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillari xususida amaliy mashg‘ulotlar asosida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.