TalTes
YANGI INVESTITSIYA LOYIHASI JADAL DAVOM ETMOQDA
Aprel 14, 2025
“Tolimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmalarini ishga tushirish bo‘yicha qurilish ishlari hajmi 80 foizga yetib, jarayon yakuniy pallaga o‘tdi. Ayni paytda barcha asosiy qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlari yakunlanmoqda. Hozirga kelib, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan 4-va 5-bug‘-gaz qurilmalarining bug‘ turbinasi kuraklari o‘rnatildi. Ushbu kuraklar Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan bo‘lib, o‘rnatish jarayonlarida kompaniya mutaxassislari ham ishtirok etdi.