EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LIDA
Dekabr 01, 2025
“Talimarjon IES” AJ tomonidan nafaqat korxona va unga yondosh hududlarda, balki viloyat bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayapti.
Xususan, korxona mas’ullari tomonidan tashabbus ko‘rsatilib, Qarshi – Shahrisabz yo‘lidagi 250 metr uzunlikdagi yo‘l chetiga 520 tup tut ko‘chatlari o‘tqazildi.
Shuningdek, ekilgan ko‘chatlar oqlanib, sug‘orish tizimi bilan ham ta’minlandi.
Mazkur jarayonda korxonadagi barcha sex, xizmat va bo‘lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar faol ishtirok etib, ushbu xayrli ishga munosib hissa qo‘shdi.
Ushbu ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasining ko‘rkamligini oshiradi, balki changni kamaytirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda hududning yashillashuviga xizmat qiladi.