“Talimarjon IES” AJ: yashil hududlar kengaymoqda
Noyabr 27, 2025
“Tolimarjon IES” AJda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsum uchun keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida korxona hududi hamda uning atrofidagi yer maydonlariga 1 500 tupdan ortiq archa, tut, qayrag‘och kabi bir qator mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etildi. (https://tpp.uz/oz/news/tolimarjon-ies-aj-yashil-hududlar-kengaymoqda)
Kuzgi ekish mavsumida xodimlar faol ishtirok etib, minglab ko‘chatlar yerga qadaldi. Ekilgan manzarali daraxtlar kelgusida hududning yanada ko‘rkam va yashil bo‘lishiga, shuningdek, havoning tozaligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
“Talimarjon IES” AJ jamoasi ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etish hamda “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.