“Tolimarjon IES” AJda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
Noyabr 26, 2025
Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan seminar “Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash – muhim vazifa” mavzusida tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar jamiyatda uchraydigan gender zo‘ravonlik turlari, ularning oqibatlari, zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud huquqiy asoslar hamda profilaktik chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mutaxassis gender tengligi madaniyatini shakllantirish, ishchi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish va ayollar hamda voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligini alohida ta’kidladi.
Tadbirda xodimlar bilan interaktiv savol-javoblar, amaliy misollar, muhokamalar o‘tkazilib, gender zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelganda murojaat qilish mumkin bo‘lgan tashkilot va xizmatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.