“Talimarjon IES” AJ ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi.
Noyabr 21, 2025
“Talimarjon IES” aksiyadorlik jamiyati energiya ishlab chiqarish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ravishda belgilangan tartibda ekspertiza va baholash jarayonlaridan o‘tib, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Ushbu litsenziya yangi 1065 MVt quvvatdagi bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirilgandan so‘ng, korxona tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini qonuniy amalga oshirishni kafolatlaydi.
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan taqdim etilgan mazkur litsenziya jamiyatga elektr energiyasini ishlab chiqarish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, iste’molchilarga barqaror va uzluksiz energiya yetkazib berish bo‘yicha o‘z faoliyatini qonuniy asosda olib borish imkoniyatini yaratadi.
Litsenziyaning berilishi “Talimarjon IES” AJ tomonidan xavfsizlik, texnik me’yorlar, ekologik talablar hamda ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi bo‘yicha barcha zarur shartlar to‘liq bajarilganini tasdiqlaydi.