Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi doirasida “Tolimarjon IES” AJda o‘quv seminar tashkil etildi
Noyabr 19, 2025
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari korxona xodimlarining favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, yong‘in xavfsizligi, texnogen avariyalar va tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, boshqarma mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ularning oqibatlari, tezkor xabar berish tartibi, amaliy evakuatsiya choralarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, oldindagi qish mavsumida xonadonlarda qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik, is gazidan zaxarlanishning oldini olish maqsadida barcha elektr va gaz jihozlarini muntazam nazoratdan o‘tkazsih lozim ekanligi ta’kidlandi.