#Bayroq_34_yoshda
Noyabr 18, 2025
"Talimarjon IES" AJda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.
Sana munosabati bilan korxonada “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida chellenj o‘tkazilmoqda.
Unda stansiya xodimlari bilan birga "Talimarjon IES" AJda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasida ishtirok etayotgan xorijiy kompaniya vakillari ham faol qatnashdilar.