Tolimarjon IES — yangi bosqichda!
Noyabr 12, 2025
Tolimarjon IES — yangi bosqichda!
“Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJda umumiy 1065 MVt quvvatga ega bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmasi qurilishi yakuniy bosqichga kirib bormoqda (https://tpp.uz/oz/news/tolimarjon-ies-yangi-bosqichda) – Video (https://youtu.be/KoDDAMZiG_g)
Mazkur yirik loyiha Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Qurilmalar zamonaviy kombinatsiyalangan sikl texnologiyasi asosida ishlaydi — bu esa energiya ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Loyiha ishga tushgach, yiliga 8 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Har yili 600 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Natijada, mamlakatimizning janubiy hududlari — Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari aholisi hamda yirik sanoat tarmoqlari yanada barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Turkiya kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari hozirga kelib 90% dan oshgan bo‘lib, mazkur jarayonda 2500 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.
Shulardan 500 nafardan ziyodi xorijiy mutaxassislar hisoblanadi.