“Tolimarjon IES” AJ jamoasi Nuriston qo‘rg‘onchasida hashar o‘tkazdi
Noyabr 04, 2025
“Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati jamoasi tomonidan Nuriston qo‘rg‘onchasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hashar tashkil etildi. (https://tpp.uz/news/tolimarjon-ies-aj-jamoasi-nuriston-qorgonchasida-hashar-otkazdi)
Mazkur tadbir korxonaning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, mahalliy aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi.
Hashar jarayonida yo‘l chetlaridagi chiqindilar tozalandi, notekis joylar tekislanib, beton qoplama yotqizildi. Ushbu ezgu ishda “Tolimarjon IES” AJ xodimlari faol ishtirok etib, hududni obod qilishga munosib hissa qo‘shdilar.
Bunday tashabbuslar korxona jamoasining fuqarolik burchiga sodiqligi, jamoatchilik oldidagi mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon etadi.