TalTes
“Tolimarjon IES” AJda “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazildi
Noyabr 03, 2025
Aksiya doirasida korxonaning ko‘plab xodimlari ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik tuyg‘usidan kelib chiqib, ko‘ngilli ravishda qon topshirdilar. (https://tpp.uz/news/tolimarjon-ies-ajda-men-donorman-xayriya-aksiyasi-otkazildi) Tadbir davomida tibbiyot xodimlari xodimlarga qon topshirishning foydasi, gigiyena qoidalari va donorlik madaniyati haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar. Bu kabi aksiyalarni muntazam o‘tkazish jamiyatda sog‘lom turmush tarzini, mehr-oqibat va birdamlik qadriyatlarini targ‘ib etishda alohida ahamiyatga ega ekanligi aytib o‘tildi. Aksiya yakunida faol ishtirok etgan xodimlarga minnatdorchilik bildirildi hamda ularning ijtimoiy faolligi alohida ta’kidlandi.