TalTes
“Tolimarjon IES” AJda “Kasbga hurmat va mehnat madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Oktabr 28, 2025
Tadbirda korxona rahbariyati, sex, xizmat va bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar, yosh mutaxassislar ishtirok etdilar. Dastlab, kasb tanlash va unga hurmat bilan yondashish, mehnat madaniyatini shakllantirishda har bir insonning mas’uliyati, jamoada sog‘lom muhit yaratishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bugungi kunda har bir xodim o‘z ish joyida namunali mehnat qilish, mehnat intizomini yuqori darajada saqlash hamda yosh kadrlar uchun o‘rnak bo‘lishi zarurligini ta’kidlandi. Bundan tashqari, korxonada mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish madaniyati va jamoaviy birdamlikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar, tajribali mutaxassislarning yoshlarga ustozlik faoliyati haqida ham ma’lumotlar berildi.