TalTes
Talimarjon IES xodimlari “Kelajak energetikasi” o‘quv markazida malaka oshirmoqda
Sentabr 22, 2025
“Talimarjon IES” AJda ishchi-xodimlarning malakasini oshirish, mutaxassislarning tizim korxonalarida tajriba almashishlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ayni paytda korxona xodimlari “Navoiy IES” AJ qoshidagi o‘quv markazida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlamoqda. Tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari davomida gaz turbinasi operatori hamda elektr chilangari (qayta tiklanuvchi energiya) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv darslarida ishtirok etib, tajribali mutaxassislardan bilim olyaptilar. Ma’lumot o‘rnida, belgilangan rejaga asosan korxona xodimlari bosqichma-bosqich o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini oshirib borishlari ko‘zda tutilgan.