Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas’ulmiz
Sentabr 16, 2025
“Tolimarjon IES” AJda “Davlat xaridlari jarayonida korrupsiya xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash, iqtisodiy manfaatlar himoyasini ta’minlash, kontragentlarni tekshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda davlat xaridlarining shaffofligini ta’minlash uchun ochiqlik va oshkoralik, raqobatbardoshlik, nazorat va monitoring, axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mamlakatimizda davlat xaridlarini shaffoflashtirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu esa xarid jarayonlarida adolat, raqobat va oshkoralikni ta’minlashi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Davlat xaridlarining shaffofligi - bu nafaqat moliyaviy intizomning asosi, balki fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi muhim omil ekanligi, shuningdek davlat va jamiyat bu borada hamkorlikda ishlashi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.