FARMON IJROSI TA'MINLANMOQDA
Sentabr 15, 2025
“Talimarjon IES” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli farmoni ijrosi yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonda barcha mas’ullar tomonidan ijroda turgan vazifalar va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi muntazam nazorat qilib borilayapti.
Shuningdek, belgilangan topshiriqlarni bajarishda tezkorlik va aniqlikni ta’minlash maqsadida qarorlar ijrosini tashkil etish jarayonlari raqamlashtirilib, barcha qulayliklar yaratilmoqda.