TalTes
SEMINAR BO'LIB O'TDI
Sentabr 12, 2025
“Talimarjon IES” AJda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida “Sogʻlom oila, sogʻlom jamoa uchun birlashaylik” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda bugun barcha ogoh bo‘lishi, oila a’zolari, xususan, o‘smir yoshdagi bolalarni doimo nazorat qilib borish, ularning ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilayotgan tanishlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari zarur ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, farzandlarga diniy ta’lim berishda noqonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslarga murojaat qilmasliklari, bu jarayon nafaqat o‘qitgan insonni, balki bolalarning ota-onalarini ham tegishli tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi haqida ma’lumotlar berildi.