TalTes
Nomzodlar shaffof va adolatli mezonlar asosida saralanmoqda
Sentabr 09, 2025
“Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga malakali kadrlarni tanlab olish jarayonlari davom ettirilmoqda. Mazkur jarayon doirasida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan har bir nomzodning o‘z yo‘nalishiga oid bilim, ko‘nikma va tajribalari sinovdan o‘tkazilmoqda. Suhbat jarayonlarida maksimal darajadagi shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida to‘liq videokuzatuv tizimi joriy etilgan. Tanlov jarayonini “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv apparati vakillari ham onlayn tarzda kuzatib bormoqda. Suhbatlarda faol ishtirok etib, bilim va kasbiy tajribasi bilan ajralib turgan nomzodlar korxonadagi tegishli vakant lavozimlarga ishga qabul qilinmoqda.