FARMONLAR IJROSI BO‘YICHA NAZORAT O‘TKAZILDI
Sentabr 04, 2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi yuzasidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida izchil ishlar olib borilayapti.
Xususan, “Talimarjon IES” AJda ham maxsus ishchi guruh tomonidan korxona hududlaridagi ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot vositalari, reklama va axborot matnlari, peshlavhalar, boshqarma, bo‘lim hamda boshqa obyektlar nomlari to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ekanligi ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, ish yuritish, ijro intizomi, shuningdek, barcha sexlararo aylanma va ichki hujjatlar lotin yozuviga asoslanishi va bu jarayonda davlat tili sohasida mavjud qonunchilik talablariga qat’iy amal qilinib borilayotganligi nazoratdan o‘tkazildi.