TalTes
"BILIMLAR KUNI" KENG NISHONLANDI
Sentabr 02, 2025
Bugun yurtimizdagi barcha umumta'lim maktablarida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tdi. Xususan, Nishon tumanidagi 13-maktabda ham "Bilimlar kuni" ko'tarinki kayfiyatda nishonlandi. Mazkur tadbirda "Talimarjon IES" AJ mas'ullari ham ishtirok etib, maktab jamoasini bugungi bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, ushbu o'quv yili maktab o'quvchilari va o'qituvchilari hayotida katta yutuqlarga boy yil bo'lishini tilab, bolalarga hamisha ilmga chanqoq bo'lishlari lozim ekanligi ta'kidlab o'tildi.