ENERGIYASAMARADORLIK YO'LIDA
Avgust 11, 2025
“Talimarjon IES” AJda mavjud quyosh fotoelektr stansiyasi, harakat datchiklari hamda avtonom quyosh yoritgichlarini o‘rnatish hisobiga ular ishga tushirilgandan hozirgi kunga qadar 6 646 986 kVt*soat elektr energiyasi hamda 704 810 m3 tabiiy gaz tejashga erishildi.
Bu esa 33 235 ta xonadonni bir oy davomida ta’minlashga yetadigan elektr energiyasi hisoblanadi.
Shuningdek, ayni vaqtda stansiyadagi umumiy quvvati 1,88 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi orqali yil boshidan hozirga qadar 1 318 179 kVt*soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
O‘z navbatida 139 770 m3 tabiiy gaz iqtisodiga ham erishildi.