TalTes
QONUN IJROSI YO'LIDA
Avgust 08, 2025
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martda qabul qilingan “Chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1044-sonli Qonuni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Talimarjon IES” AJda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda, dastlab, qonunning mazmum-mohiyati haqida xodimlarga tushunchalar berilib, har bir bandi bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, vazifalar ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muddatlar belgilab olindi.