Qashqadaryo viloyati — havo harorati + 45 daraja
Iyul 18, 2025
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida havo harorati +45 darajadan yuqori ko‘rsatkichni qayd etayapti
Mazkur sharoitda viloyatdagi “Tolimarjon IES” AJning yuqori kuchlanishli energouskunalari muntazam ravishda korxona mutaxassislari tomonidan nazoratdan o‘tkazib borilmoqda.
Xususan, stansiyaning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida teplovizor ko‘rigi tashkil etilib, har soatda uskunalarning ishchi holati tekshirilmoqda.
Ko‘rik mobaynida ulama kontaktlarda qizishlar yo‘qligi, ularning me’yoriy haroratda ekanligi nazorat qilinmoqda.