HUDUDLAR OBODLIGI TA'MINLANMOQDA
Iyul 10, 2025
Havo haroratining oshishi munosabati bilan "Talimarjon IES" AJda mavjud daraxtlarni muntazam sug'orib borish ishlari tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, ularning estetik holatini yaxshilash hamda changlardan tozalash maqsadida daraxt barglarini yuvish jarayonlari ham olib borilayapti.
Bu nafaqat atrof-muhitni asrash, balki xodimlar salomatligini ta'minlashda ham muhim jarayon hisoblanadi.