TalTes
Nomzodlar bilan ochiqlik va shaffoflik asosida suhbat o‘tkazildi
Iyul 07, 2025
Tolimarjon IESda qurilayotgan zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi uchun malakali kadrlarni ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq va shaffof suhbatlar bo'lib o'tdi. Suhbatlar davomida har bir nomzodning mutaxassisligi bo‘yicha bilimi va ish tajribasi chuqur o‘rganilib, ularning loyihaga qo‘sha oladigan hissasi baholanadi. “Biz uchun eng muhimi – yuqori malakali va o‘z ishiga sodiq mutaxassislarni jalb qilish. Shu sababli, qabul jarayoni shaffof va adolatli bo‘lishini ta’minlashga harakat qildik”, – deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Situatsion tahlil, mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi boshqarmasi katta inspektori Bahrom Umirov.