TalTes
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Iyun 30, 2025
30-iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ bosh direktori Jasur Pirmanov korxonada faoliyat olib borayotgan bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi. Korxona rahbari, dastlab, barcha yoshlarni bugungi bayram bilan tabrikladi. Erkin muloqot tarzida kechgan suhbatda stansiyada bunyod etilayotgan yangi bug‘-gaz qurilmalarining qurilish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash va uning kelgusidagi barqaror ishlashini taʼminlashda stansiya yoshlarining o‘rni muhim ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor kuchayib, ularning orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida davlatimiz rahbari boshchiligida keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, ulardan oqilona, o‘z o‘rnida foydalanish uchun faqat va faqat, tinimsiz izlanib, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish kerakligi aytildi. Suhbat so‘ngida, yoshlarning fikr-mulohaza va takliflari tinglandi.