XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILISH BARQARORLIK BELGISI
Iyun 23, 2025
"Talimarjon IES" AJda "Texnika xavfsizligi ko‘rik oyligi" doirasida tadbirlar tizimli tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur jarayonda ishchilarga ish jarayonini olib borishda doimo xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holatda ish tashkil etilishi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, favqulodda holat sodir bo‘lganda birinchi yordam vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ham xodimlarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.