"YOSHLAR EKO HARAKATI" TADBIRI
Iyun 20, 2025
"Talimarjon IES" AJda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida "Yoshlar eko harakati" tadbiri tashkil etildi
Unda tobora avj olib borayotgan global ekologik muammolarga qarshi kurashishda fidokorona yondashuv, Ona tabiat oldidagi javobgarlik tuyg‘usini oshirish borasida zaruriy maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda keng tashkil qilinayotgan "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning asl mazmun-mohiyati yuzasidan ham fikrlar bildirildi.