TalTes
XODIMLAR XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA
May 27, 2025
Maʼlumki, "Talimarjon IES" AJda umumiy quvvati 1065 MVtga teng bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilayapti. Ayni paytda stansiyaning bir guruh xodimlari Yaponiya davlatida bo‘lib, "Mitsubishi Corporation" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan, stansiya maʼmuriyati va Yaponiyadagi o‘quv-seminarda ishtirok etayotgan xodimlar ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot jarayonida, xodimlarga o‘quv seminardagi har bir mashg‘ulotlardagi bilimlarni puxta o‘zlashtirish, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sidqidildan bajarish lozim ekanligi aytib o‘tildi.