“Tolimarjon IES” AJ 2025-yil yanvar-aprel oyi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
May 23, 2025
“Tolimarjon IES” AJda ishlab chiqarish barqarorligi va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2025-yilning 4 oyi davomida 2,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Xuddi shu davr mobaynida iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 18,5 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.
Energotejamkor texnologiyalarni qo‘llash hisobiga choraklik rejadagi 5,7 mln. kubmetr gaz o‘rniga, amalda 6,9 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi va reja 120,2 foizga bajarildi.
Stansiyada energoresurslarni maqsadli iqtisod qilish rejasiga ko‘ra, 5,2 mln. kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga, amalda 5,8 mln. kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilindi va reja ko‘rsatkichi 111,5 foizni tashkil etdi.
Hozirgi kunda stansiyada 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, mavsumda iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr va issiqlik energiyasi yetkazib berish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.