TalTes
20-maydan 20-iyunga qadar respublikamiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
May 21, 2025
Shu munosabat bilan "Talimarjon IES" AJ obyekti binolarida yong‘in xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish bo‘linmasi tomonidan korxona hududida nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda ish joylarida yong‘in xavfsizligiga amal qilingan holda ishlar tashkil etilayotganligi o‘rganildi. Shuningdek, yong‘inga qarshi yerosti suv olish gidrantlarining ishchi holati ham ko‘zdan kechirildi.